Ofitsant buyurtmani telefondan yuboradi, oshxona uni darhol ko'radi, kassa chekni bir bosishda yopadi. Siz esa savdo, xarajat va foydani istalgan joydan ko'rib turasiz.
O'rnatish shart emas · Kompyuter, planshet va telefonda ishlaydi · O'zbek va rus tilida

Ofitsant oshxonaga yugurib boradi, yozuvni o'qib bo'lmaydi.
Taom "bekor qilingan", chegirma "berilgan" — kim, qachon?
Xarajat bir daftarda, savdo boshqasida, ish haqi uchinchisida.
Kim necha kun ishladi, savdodan foizi qancha?
Hamma bir xil ma'lumotni ko'radi: ofitsant, oshpaz, kassir va siz. Hech narsa yo'qolmaydi.


Ofitsant o'z xonalarini ko'radi, taomni rangli tugmalardan tanlaydi va bir bosishda yuboradi.

Yangi buyurtma oshxona ekraniga va printerga o'zi tushadi. Oshpaz "Qabul qilish" va "Tayyor" ni bosadi.

Kassir chekni ko'radi, to'lov turini tanlaydi va chop etadi. Qaytim o'zi hisoblanadi.

Bugun, hafta yoki oy bo'yicha kirim, chiqim, foyda, mehmonlar va to'lov turlari.
Qavatlar, supa, VIP, banket — har birining holati va summasi bir qarashda.
To'y, banket va oddiy bron — vaqt to'qnashsa, dastur ogohlantiradi.
Ega, admin, kassir, ofitsant, oshpaz — har biri faqat o'ziga kerakli narsani ko'radi.
Oylik, kunlik, savdodan foiz, bonus va jarima. Kim qancha olishi kerak — tayyor.
Do'konlar uchun: qoldiq, kam qolgan mahsulot, kirim va qaytarish.
Klaviaturasiz terminal uchun ekran klaviaturasi: raqamlar, lotin va kirill harflari.
Har bir biznesning ma'lumoti alohida saqlanadi va har kuni zaxiralanadi.
Serverda har kuni nusxa olinadi. Xohlasangiz, kompyuteringizdagi papkaga ham yoziladi.
Xodim PIN kod bilan kiradi. Moliyani faqat siz ruxsat berganlar ko'radi.
Kim taomni bekor qildi, kim chegirma berdi, kim kassani yopdi — hammasi yozib boriladi.
Turini tanlasangiz, dastur keraksiz bo'limlarni o'zi yashiradi: do'konda xona yo'q, choyxonada shtrix-kod shart emas.

Do'kon kassasi: mahsulotni bosing yoki shtrix-kodni skanerlang
Qurilmalar soni cheklanmaydi. Tarifni istalgan vaqtda o'zgartirish mumkin — ma'lumotlar joyida qoladi.
Bor qurilmangiz yetadi: kassa uchun Windows kompyuter yoki noutbuk, ofitsantlar uchun oddiy Android yoki iPhone telefon, oshxona uchun planshet. Dastur brauzerda ochiladi, o'rnatish shart emas.
Ha. 80 mm yoki 58 mm termoprinter kassa kompyuteriga ulanadi. Chek va oshxona uchun buyurtma qog'ozi oynasiz, to'g'ridan-to'g'ri chiqadi.
Ha, dastur internet orqali ishlaydi — shuning uchun egasi uyda ham, safarda ham hamma narsani ko'radi. Ma'lumotlar serverda saqlanadi va har kuni zaxiralanadi.
Yo'q. Har bir biznes alohida faylda saqlanadi va faqat o'z havolasi orqali ochiladi. Xodimlar PIN kod bilan kiradi, moliyani faqat siz ruxsat berganlar ko'radi.
Yo'q. Ofitsant uchun 10 daqiqa yetadi: xonani bosadi, taomni tanlaydi, "Yuborish". Biz ulab beramiz va birinchi kunlarda yordam beramiz.
Bir necha kun ogohlantirish bilan ishlayveradi, keyin faqat ko'rish rejimiga o'tadi. Hech narsa o'chmaydi — to'lovdan keyin ish to'xtagan joyidan davom etadi.
Biz biznesingizni ulab beramiz, menyuni kiritishga yordam beramiz. Yoqmasa — hech narsa to'lamaysiz.